Prezident strit-artni maqtadi, hokimlik esa öçirdi
1️⃣-video: Şavkat Mirziyoyev Yangihayot tumanidagi köp qavatli uy devoriga çizilgan suratni maqtadi:
«Menga bu yoqadi. Nega hammayoqqa şunday qilmaysizlar? Juda çiroyli bölibdi. Bu ham odamning kayfiyatiga ijobiy taʼsir qiladi», — dedi Prezident.
2️⃣-video: anonim strit-art rassom Inkuzart Çilonzordagi bino devoriga maşhur olim Eynşteynning grafitisini çizgandi. Şu suratni hokimlik öçirib taşlabdi.
Nega öçirdinglar, deyişsa, bu bino yaqinda buzilişi kerak, öşançun suratni öçirdik, debdi Çilonzor hokimi örinbosari.
Bu gapni eşitib, mantiq uyalib ketdi. Xöp, agar öşa bino buzilsa, surat bilan birga buzilib ketaversin. Nega öçiriş kerak edi?
Menda boşqa taxmin bor. Suratni öçirgan hokimlik vakillari Eynşteyn kimligini tanimasa ham kerak. Bu soçlari paxmoq, möylovli odam va uning yonidagi allambalo yozuvlar yoşlarimiz maʼnaviyatini buzyapti, deb öylaşgandir.
Şu joyiga Eynşteynning bir gapi esimga tuşib ketdi:
“Koinot hamda insoniyat ahmoqligining çegarasi yöq. Lekin birinçisiga sal şubham bor”.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 3146

