Prezident maktablariga qabul kelgusi yilga qoldirildi
Prezident maktablariga öquvçilar qabuli kelgusi öquv yilida ötkaziladi
Joriy yilda Prezident maktablariga öquvçilar qabuli kelgusi öquv yilida ötkaziladi. Bunga pandemiya vaziyatidan kelib çiqib, karantin davrida yoş avlod soğligini asraş, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan şaroitda voyaga yetmagan öquvçilarning katta siğimli binolarda saralaş imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketişiga yöl qöyib bölmasligi, şuningdek, Cambridge Assessment taşkiloti vakillarining mamlakatga karantin davrida taşrifini belgilangan sanalarda taşkil etiş imkoni yöqligi sababdir.
Buxoro, Jizzax, Qarşi, Samarqand va Farğona şaharlarida oçiladigan Prezident maktablariga (beşinçi sinfdan öninçi sinfgaça) hamda joriy yilda oçilişi rejalaştirilgan Surxondaryo viloyatidagi Rözi Çoriyev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Aşrafiy nomidagi ijod maktablariga (yettinçi sinfdan) öquvçilar qabuli kelgusi yilda ötkaziladi.
Toşkent, Nukus, Namangan va Xiva şaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 öquv yiliga öquvçilarni beşinçi sinflarga qabul qiliş imtihonlari 2021-yilga qoldirilib, 2021/2022 öquv yilida öquvçilar beşinçi va oltinçi sinflarga qabul qilinadi.
Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 öquv yilidan boşlab ijod maktablariga qabul yettinçi sinfdan amalga oşiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti töliqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 öquv yilida yangi sinflar oçilişi nazarda tutilmagan.
Agentlik tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablar, yaʼni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Uluğbek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslaştirilgan maktablarga 2020/2021 öquv yiliga öquvçilarni qabul qiliş masalasiga oid maʼlumot tegişli örganişlardan söng maʼlum qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈
