Paxta hosilini teriş uçun narxlar belgilandi
Paxta hosilini teriş uçun narxlar belgilandi
2019-yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi (752-son, 09.09.2019 y.), deya xabar bermoqda «Huquqiy axborot» kanali.
Qarorga köra:
👉 maşinada terilgan 1 tonna paxta uçun – 600 000 söm xizmat haqi;
👉 qölda terilgan 1 kg paxta uçun birinçi terimda – 800 sömdan, ikkinçi terimda – 1200 sömdan;
👉 mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln sömdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln sömdan mehnat haqi tölanadi.
Şuningdek, paxta töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotlariga va klasterlarga paxtani terib oliş uçun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.
Bundan taşqari, qarorga köra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yiğib oliş, terimçilar bilan öz muddatida hisob-kitob qiliş uçun Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga 2020-yilda qaytariş şarti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
