O‘zbekistonga 6 ta davlat fuqarolari kirishi taqiqlandi
⚡️Özbekistonga 6 ta davlat fuqarolari kirişi taqiqlandi
Özbekiston 14-mart soat 00:00-dan boşlab Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyadan aviareyslarni töxtatmoqda. Bu haqda, Gazeta.uz naşri xabar berdi.
Şuningdek, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolariga Özbekistonga kiriş taqiqlandi.
Uşbu qarorlar Özbekistonda koronavirus xavfining oldini oliş böyiça tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan.
Demak, 14-mart soat 00:00-dan keyin Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Eron, Fransiya va Ispaniya fuqarolari hamda bu mamlakatlarda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek sönggi 14 kun içida uşbu 6 ta davlatlarga taşrif buyurgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning barça çegara punktlari orqali Özbekistonga kirişi taqiqlanadi.
Mazkur çeklovlar istisno tariqasida diplomatik va xizmat pasportlari egalariga, şuningdek Özbekistonga kirişdan oldin 14 kun içida yuqoridagi mamlakatlarga bormagan şaxslarga qöllanilmaydi.
Zarur hollarda Özbekiston fuqarolarini olib keliş uçun uşbu mamlakatlarga çarter reyslar taşkil etilişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


