Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekistonda semizlikka qarşi kuraş boşlanadi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Semizlikka qarşi kuraşiladi

Ötgan yil oktabr oyida imzolangan Prezident farmoniga köra, 2021-yil 1-iyuldan boşlab semizlikka qarşi kuraş boşlanadi.

❗️Bunda:

✅ vazirlik, idora, korxona, taşkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik körsatkiçlarini (semizlik darajasi, vazn indeksi), boşqa ötkir kasalliklarni keskin kamaytiriş, salomatlikni mustahkamlaş baholaş mezonlarini işlab çiqib, reyting asosida tahlil qiliş hamda natijalarni onlayn kuzatib boriş tizimi;

✅ Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining tegişli hududda:
➖ ommaviy sport bilan şuğullanuvçilar sonining oşişiga;
➖ tarkibida tuz, qand va yoğ miqdori köp bölgan hamda xamirli taom va şirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilişni qisqartirişga;
➖ alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilişdan voz keçişiga;
➖ semizlik va bevaqt ölim körsatkiçlari kamayişiga qarab işiga baho beriş böyiça reyting tizimi joriy etiladi.

❗️Birinçi rahbarlardan özlarining semizlik darajasi kamaytiriş orqali qöl ostidagi xodimlariga «Şaxsiy namuna» bölişi talab etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek