DXX Akademiyasi pedagog kadrlarni işga taklif etadi
DXX Akademiyasi işga taklif qiladi
Amir Temur nomidagi Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi çuqur kasbiy bilim va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual qobiliyatga ega bölgan, oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uçun qöyilgan malaka talablariga (oxirgi 3 yilda pedagogik malaka oşiriş va qayta tayyorlaşdan ötgan, xorijiy til böyiça amaldagi sertifikati mavjud) hamda ilmiy daraja va unvonga ega (şu jumladan, xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga ega) pedagog-kadrlar quyidagi fanlar böyiça tanlov asosida işga taklif etiladi:
— xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, dariy, xitoy, turk, urdu, fors, arab, hind, koreys, yapon);
— özbek tili va adabiyoti;
— xalqaro huquq;
— fuqarolik protsessi;
— maʼmuriy huquq;
— iqtisodiyot nazariyasi;
— sotsiologiya;
— mantiq;
— dinşunoslik;
— psixologiya;
— davlat va huquq nazariyasi;
— konstitutsiyaviy huquq va inson xuquqlari;
— bojxona huquqi;
— fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessi.
Akademiyada işlaşni xohlovçi, yuqorida körsatilgan talablarga javob beruvçi pedagog kadrlar 2021-yilning 25-iyuliga qadar DXX Akademiyasiga (Toşkent şahar, Mirobod tumani, Taras Şevçenko köçasi, 20-uy manziliga) yoki 71-252-92-30 telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


