Özbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemor vafot etdi
Özbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemor vafot etdi
Şu yilning 26-mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bölgan namanganlik 72 yoşli R. koronavirus infeksiyasi taşxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan edi. Şu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda uşbu infeksiya aniqlangan. Bemorga uşbu infeksiya 12-mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.
Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali ötkir yurak yetişmovçiligi va boşqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30-da şifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan ötkir miokard infarktidan vafot etgan.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun. Yurtdoşimizni Alloh öz rahmatiga olgan bölsin. Qolgan bemorlarga özi şifo bersin.
