Özbekistonda 1 500 nafardan ortiq ayol rahbar işlamoqda
Özbekistonda 1 500 nafardan ortiq ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritadi
Bu haqda bugun Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Media-Xoll”ida “Ayollar media klubi” faollari iştirokida bölib ötgan oçiq muloqotda maʼlum qilindi.
Davlat va jamoat taşkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq, şu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.
Muloqotda yana tadbirkorlik subyektlarining 20 foiziga, şu jumladan fermer xöjaliklarining 7,3 foiziga ayollar rahbarlik qilişi ham oçiqlandi.
- 👍 1

