Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbekiston diniy erkinliklar böyiça qora röyxatdan çiqdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

​​AQŞ komissiyasi diniy erkinliklar sohasida Özbekistonni ilk marta «qora röyxat»dan çiqardi

Özbekistonning AQŞdagi Elçixonasi maʼlumotiga köra, 2020-yil 28-aprel kuni AQŞning Xalqaro diniy erkinliklar böyiça komissiyasi (USCIRF) 2019-yilda dunyoda eʼtiqod erkinligi holati baholangan navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

2005-yildan beri ilk marta AQŞning Xalqaro diniy erkinliklar böyiça komissiyasi Davlat departamentiga Özbekistonni «diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyğotadigan davlatlar» (CPC) röyxatiga kiritişni taklif qilmadi.

Uşbu qaror Özbekistondagi ilgarilaş eʼtirof etilganini körsatdi, zero Davlat departamenti 2018-yil dekabr oyida respublikani «CPC»dan çiqarganiga qaramay Komissiya mamlakatni diniy erkinliklarni buzuvçilarning “qora röyxati”ga kiritilişi kerakligini taʼkidlab kelgan.

«Bizni 2019-yilda baʼzi hukumatlar, xususan ikki davlat tomonidan körilgan ijobiy çoralar hayratga soldi, ular din va eʼtiqod erkinligi uçun yanada xavfsiz muhitni yaratişda USCIRF bilan yaqin hamkorlik qilmoqda», - dedi Komissiya raisi Toni Perkins. Komissiya rahbari 2019-yilda «Özbekiston diniy guruhlar uçun köproq erkinlikni taʼminlaş böyiça öz majburiyatlarini bajarişda sezilarli ilgarilaşga erişganini» qayd etdi.

Komissiya raisi örinbosari Nadin Maenza ham “The Washington Post” naşriga bergan intervyusida şu kabi bayonot qildi. AQŞning yetakçi naşri maqolasida Komissiya tomonidan Özbekistondagi diniy erkinliklarni taʼminlaş sohasidagi ilgarilaş yuqori baholangani alohida taʼkidlangan.

Hujjatda Özbekiston eʼtiqod erkinligi şaroitlarini yaxşilaş borasida sezilarli çoralar körgani taʼkidlanadi. Prezident Şavkat Mirziyoyev davrida hukumat röyxatdan ötmasdan faoliyat körsatayotgan diniy jamoalarga reydlar uyuştiriş amaliyotiga çek qöydi. Avgust oyida «Jasliq» turmasi yopildi. Hisobotning Özbekistonga bağişlangan bölimida “Hukumat eʼtiqod erkinligini yaxşilaş maqsadida AQŞ va boşqa xalqaro şeriklar bilan yaqin hamkorlikni ham davom ettirdi”, – deya körsatilgan.

“Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi yangi qonunni qabul qiliş jarayonining yakunlanmaganligiga hamda diniy sababalarga köra qamalganlarni ozod qiliş amaliyotini davom ettirişning zarurligiga eʼtiborni qaratgan holda Komissiya hisobotda Özbekistonni “maxsus kuzatuv röyxati”da saqlab qolişni tavsiya qilmoqda.

Diniy erkinlik böyiça AQŞ Komissiyasi vakillari 2019-yil may va sentabr oylarida Özbekistonga taşrif buyurgan edi. Özbekistonning AQŞdagi Elçixonasi Komissiya bilan aloqa örnatgan va doimiy muloqotda bölib turibdi, taşkilot komissionerlari va ekspertlari bilan muntazam maslahatlaşuvlar ötkazmoqda.

Maʼlumot uçun: USCIRF'ning eng oxirgi hisobotida «diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyğotadigan davlatlar» röyxatidan 14 ta mamlakat örin oldi. Bular: Xitoy, Birma, Eritreya, Hindiston, Eron, Nigeriya, Şimoliy Koreya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston hamda Vyetnam.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek