O‘zbekgidroenergo va To‘palang HPD Holding aloqalari
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Manba:davletovuz
«Özbekgidroenergo» va “TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJ bolalari haqida
2017-yil may oyi ikkinçi dekadasida Sardoba suv ombori rasman elga eʼlon qilinadi. Uçinçi dekadasida esa «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tuziladi. Mazkur kompaniyaga bugungi kunda Abduğani Sanginov rahbarlik qiladi.
«Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati gidroelektrostansiyalarda elektr energiyasi işlab çiqariş sohasida yagona texnik siyosatni amalga oşiriş bilan şuğullanadidan davlat kompaniyasi böldi. Kompaniya Özbekistonda yangi gidroelektrostansiyalar quriş va işlab turganlarini modernizatsiyalaş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiradi. Bu işlarga tegişli kompaniyalarni yollaydi.
Masalan, keça falokat yuz bergan “Sardoba” suv ombori qoşida aprel oyida “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan kiçik GES qurilişi boşlandi. Kompaniya matbuot xizmatining yozişiça, aprelning 21 sanasida mazkur GES qurilişi poydevori uçun Topalang HPD irrigation systems UK iştirokida birinçi ğişt qöyildi. Darvoqe, Topalang HPD irrigation systems UK “TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJ qoşida taşkil etilgan.
Mart oyida eʼlon qilingan xabarda aytilişiça, Quyi Çotqol GES obyektida quriliş işlari TO’PALANG HPD HOLDING MÇJ tomonidan jadallik bilan olib borilmoqda.
Yana bir misol. Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Pskem daryosi böyida bosqiçma-bosqiç va izçillik asosida Pskem GES qurilişi yuqori surʼatlarda davom ettirilmoqda. Bu quriliş TOPALANG HPD WATER CONSTRUCTION UK tomonidan amalga oşirilmoqda. TOPALANG HPD WATER CONSTRUCTION UKning ham taʼsisiçisi UK “TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJdir.
Yana bir misol. Xorazm viloyati Toşsoqa tizimidagi magistral suğoriş kanallarini qayta tiklaş” loyihasini amalga oşiriş doirasida “To’palang HPD Platinum” MÇJ tomonidan 36,6 km uzunlikdagi “Beg-yab” kanalini quriş işlari jadallik bilan olib borilmoqda. Uning ham taʼsisçisi “TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJdir.
“TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJ, ulardan taşqari, «TO’PALANG HPD STEAM — GAS», «TO’PALANG HPD ENGINEERING», «TO’PALANG HPD SERVICE» singari MÇJ va unitar korxonalarga taʼsisçilik qilgan.
Darvoqe, “TO’PALANG HPD HOLDING” MÇJ boş direktori, adaşmasak, «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati AJ raisi Abduğani Sanginovning öğli Islom Abdurhamonovdir. Harqalay familiya-şarifi şunday xulosa qilişga yordam berayapti.




