Oynalarni qoraytirişga ruxsat berilgan transportlar kengaytirildi

Matn9-oktabr, 2020, 21:451 daqiqa0 koʻrish

Oynalarni qoraytirişga ruxsat berilgan avtotransport toifalari kengaytirildi

Hukumatning tegişli qarori (№635, 09.10.2020y) bilan, oynalarining tusini qoraytirişga ruxsat berilgan avtotransport vositalari röyxati kengaytirildi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.

Jumladan, N1 va N2 toifaga oid yuk taşuvçi avtotransport vositalari uçun ham orqa yon (çeklanmagan) hamda old yon (50%dan kam bölmagan) oynalarining tusini qoraytirişga ruxsat berildi.

Maʼlumot uçun:

N1 va N2 toifasi — yuk taşiş uçun möljallangan, biri eng katta vazni 3,5 tonnagaça hamda ikkinçisi 12 tonnagaça bölgan avtotransport vositalaridir.

Ilgari faqat yengil avtomobillarga oynasining tusini qoraytirişga ruxsat etilgan edi.

Şuningdek, ilgari avtobus, mikroavtobus va minivenlarga faqatgina turistik yönalişlarda yölovçi taşiş faoliyatini amalga oşirsagina oynalarini qoraytirişga ruxsat berilgan edi. Bugundan boşlab qanday faoliyatni amalga oşirişidan qatʼi nazar, M2, MZ toifaga oid III klass avtotransport vositalarining barçasiga yon oynalarining tusini yoruğlik ötkazuvçanligi 50%dan kam bölmagan darajada qoraytirişga ruxsat berildi.

Maʼlumot uçun:

III klass M2 toifasi — faqat ötirib ketiş uçun möljallangan, yölovçilarni taşiş uçun foydalaniladigan, haydovçining örindiğidan taşqari örindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gaça bölgan avtotransport vositalari bölsa, M3 toifasi xuddi şuning eng katta vazni 5 t dan köp bölgan avtotransport vositalaridir.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek