Orqa yon oynani tonirovka qiliş narxi arzonlaştirildi
🚗 Orqa yon oynani tonirovka qiliş narxi arzonlaştirildi
Hukumatning tegişli qarori (№635, 09.10.2020y) bilan, tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş böyiça ayrim özgarişlar kiritildi. Bu haqda ÖzA (@uzauz) xabar bermoqda.
Jumladan, M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş uçun tölov stavkalari jismoniy şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming söm) etib belgilandi. Bunga qadar uşbu miqdor BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm) edi.
Yuridik şaxslarga orqa yon oynani qoraytiriş uçun tölov miqdori özgarmagan - BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm).
Şuningdek, orqa va old yon oynalar böyiça tusini özgartirişning tölovi miqdori ham avvalgidek saqlanib qoldi, yaʼni jismoniy va yuridik şaxslar uçun BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming söm) miqdorini taşkil etadi.
👉 @xushnudbek 👈

