Ovozlarni sanaş jarayonida kimlar iştirok etişi mumkin

Matn22-dekabr, 2019, 20:401 daqiqa0 koʻrish

Ovozlarni sanaş jarayonida kimlar iştirok etişi mumkin?

Köpçilik sörayotgani uçun, tuşuntiriş berib ötmoqçiman.

Ovozlarni sanaş jarayoniga quyidagilar kirişga haqli:

👉 siyosiy partiyaning vakolatli vakili (Saylov kodeksi 34, 58-moddasi);
👉 kuzatuvçilar (SK 33, 58-moddasi)
👉 ommaviy axborot vositalarining vakillari (SK 35, 58-moddasi).

Boşqa şaxslar ovozlarni sanaş jarayoniga kiritilişi mumkin emas.

❗️Bitta narsani yaxşilab tuşuning, ovozlarni sanaş jarayoniga kiriş degani, bu ovozlarni sanaşda yordam beriş degani emas. Vakolatli vakil, kuzatuvçilar va OAV vakillari byulletenlarga qöl tekkizişi, ularni sanaşga yordam berişi, ovozlarni sanab çiqişga aralaşişi mutlaqo taqiqlanadi.

Sizlar faqat öşa xonada saylov komissiyasi vakillarining işini nazorat qilib turasiz xolos. Bunga quyidagilarga alohida eʼtibor bering:

- ovoz berilgan byulletenlar nomzodlarga töğri ajratilyaptimi;
- haqiqiy bölmagan va buzilgan byulletenlar alohida olib qöyilyaptimi;
- işlatilmagan byulletenlar ovoz beriş jarayoniga aralaştirilmayaptimi;
- va boşqa şu kabi holatlarni kuzating.

📸🎥 Ovozlarni sanaş jarayonida video va fotodan foydalaniş mumkin!!!

Agar uçastka saylov komissiyasi raisi yoki aʼzolari bu mumkin emas, deyişsa, unda ulardan qaysi qonunning qaysi moddasida bu yozib qöyilganini sörang. Topib bera olişmasa, qarşilik qilişga haqqi yöqligini tuşuntiring.

Yana qaytaraman, oxirida ovozlarni sanab çiqiş yakunlari böyiça bayonnomani RUÇKAda töldirişni va imzolaşni talab qiling hamda ulardan nusxa oling.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Saylovda ovoz beriş jarayonlari yakunlandi

    01 daqiqa

Yana oʻqing