OTMlarda kredit-modul tizimi tartibi tuşuntirildi
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi boşqarma boşliği Abduvali Xoliqov kredit-modul tizimi haqida ayrim maʼlumotlarni berib ötdi.
➖ 2020/21 öquv yilidan 46 ta OTMda bu tizim joriy etildi va bosqiçma-bosqiç kengayib boradi;
➖ Öquv haftalari qisqardi. Ilgari öquv haftalari 38-40 hafta bölardi, hozir esa 36 haftaga tuşirildi. Şundan 30 haftasi bevosita dars böladigan akadem öquv haftasi hisoblanadi. Bundan kelib çiqadiki, talabalarning akadem öquv yili 10 oydan 7,5-8 oyga tuşirildi;
➖ Bir semestr 18 haftadan iborat böladi, talaba şundan 15 haftasida öqiydi. Qolgan 3 haftaning 1 haftasi yangi fanlar va professor-öqituvçilarni tanlaşga bağişlansa, 2 haftasi avvalgi qarzlarni yopişga bağişlanadi. Şu 3 hafta ötgaç, darslar boşlanadi;
➖ Uçinçi (yozgi) semestr ham kiritildi. Bu qarzdor talabalarni qayta özlaştirişiga bağişlangan semestr. Bunda talabalar kredit sotib oliş uçun qöşimça mablağ tölaydi va qarzlarini topşiradi. Taʼtil payti işga jalb qilingani uçun, öqituvçilarga alohida haq tölanadi.
👉 @xushnudbek 👈



