Olimpiadachilar va ularning murabbiylari taqdirlandi
Olimpiadaga borgan har bir sportçiga 5 ming dollar berildi. Ğoliblarning murabbiylari ham taqdirlandi
Şavkat Mirziyoyev hozir bölayotgan yiğilişda olimpiya terma jamoamiz aʼzolarini rağbatlantiriş töğrisida fikr bildirdi.
Unga köra, ğolib va sovrindor sportçilarimizni tayyorlaşda çinakam fidoyilik körsatgan Tölqin Qiliçev, Pavel Xan, Farhod Mirzajanov, Nurali Qobulov, Muzaffar Abdurahmonov kabi tajribali murabbiylar ham taqdirlanadigan böldi. Çempionlarning murabbiylari – 40 ming AQŞ dollari, bronza medal sohiblarining murabbiylari 20 ming AQŞ dollari mukofot oladi.
Şuningdek, Olimpiadaga borib iştirok etgan barça sportçilarimizning har biri, garçi sovrindor böla olmagan bölsa ham, 5 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
«Agar Olimpiadada iştirok etgan har bir sportçi köp yillik oğir tayyorgarlik jarayonidan ötişini köz oldimizga keltirsak, ular ham bugun ğoliblar qatorida taqdirlanişga munosib ekaniga amin bölamiz. Ular ham keskin bahslarda ğayrat va şijoat bilan kuraş olib borib, katta sinovlarda öz salohiyatini namoyon etganlari biz uçun muhimdir. Şuning uçun ularni ham ğoliblar qatorida körib, çin dildan olqişlaymiz.
Bu gal omadi kelmagan sportçilarimizga qarata, ruhingiz tuşmasin, kelgusi safar baxt sizlarga albatta kulib boqadi, deb işonç bildirmoqçiman», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈



