OAV va blogerlar uçun Zakovat turniri eʼlon qilindi

Matn25-aprel, 2022, 20:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:Zakovat intellektual klubi

​❗️Diqqat! Ommaviy axborot vositalari va blogerlar örtasida “Zakovat” turniri ötkaziladi

Mass-media fondi hamda “Zakovat” intellektual klubi tomonidan 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni hamda 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bağişlab “Zakovat” turniri taşkil etilmoqda.

✅ Turnirda Özbekiston Respublikasida rasman faoliyat körsatayotgan barça ommaviy axborot vositalari jamoasi, şuningdek blogerlardan tarkib topgan erkin jamoalar iştirok eta oladi.

💰Turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 200 million söm! Bunda:

1-örin — 100 million söm;
2-örin — 60 million söm;
3-örin — 30 million söm;
4-örin — 10 million söm bilan mukofotlanadi.

ℹ️ Har bir OAV nomidan 1 ta jamoa iştirok etişi mumkin va tarkibga kiritilgan iştirokçilar uşbu OAVda rasmiy mehnat şartnomasi bilan işlayotgan xodim bölişi şart (blogerlar uçun bunday talab yöq).

👥 Jamoalar tarkibi 6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira iştirokçidan iborat böladi (zaxira iştirokçi majburiy emas). Jamoalar tarkibida “Zakovat” klubining professional bilimdonlari bölişiga ruxsat berilmaydi.

📩 Turnirda iştirok etiş uçun OAVlar Nizomda körsatilgan ariza namunasini töldirgan holda, OAV rahbari yoki boş muharririning imzosi hamda taşkilot muhri bilan birgalikda oav@zakovat.tv elektron poçtasi orqali ariza yuborişlari lozim. Blogerlar esa www.zakovat.tv/blogerlar manzili orqali ötib, maxsus anketani töldirib yuborişlari lozim.

📆 Arizalar 2022-yilning 5-may (şu kuni ham) kuniga qadar qabul qilinadi.

🔰 Turnirning asosiy bosqiçi “Zakovat” intellektual öyini qoidalari asosida, yarim final hamda final öyinlari esa breyn-ring öyini qoidalari asosida ötkaziladi.

📍Turnirning ötkaziliş sanasi va joyi qöşimça maʼlum qilinadi.

🌐 Qöşimça maʼlumot va turnir Nizomi bilan www.zakovat.tv saytida tanişişingiz mumkin.

Barça jurnalist va blogerlarni intellektual turnirimizga taklif etamiz!

➖@zakovat

  • 👍 630
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek