Öqişni köçiriş va qayta tiklaş uçun arizalar boşlandi
Bugun - 15-iyul.
Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori (20.06.2017y) bilan tasdiqlangan Nizomga binoan, bugundan boşlab talabalarning öqişini köçiriş va qayta tiklaş böyiça arizalar topşiriş boşlanadi.
Aslida avvallari arizalar hududlarda taşkil qilingan işçi guruhlarga bevosita borgan holda topşirilar edi. Joriy yilda pandemiya bilan boğliq qaltis vaziyatni hisobga olib, öqişni köçiriş va qayta tiklaş böyiça arizalar onlayn qabul qilinişi aytilgandi (aslida bu işni ança oldin qiliş kerak edi, pandemiyani kutib ötirmasdan).
Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining vakili bergan maʼlumotga köra, uşbu onlayn platforma deyarli tayyor, tez orada bu haqida rasman maʼlum qilişadi.
Öqişni köçirişga oid ayrim maʼlumotlarni mana bu yerda öqişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/6146
Köpçilik sörayotgan savol, yaʼni sirtqi taʼlimdan kunduzgiga öqişni köçiriş mumkin yoki mumkin emasligi haqida tez orada alohida maqola eʼlon qilişga harakat qilaman.
👉 @xushnudbek 👈

