Xushnudbek murojaatlarga javob berish imkoniyati haqida

Matn7-avgust, 2018, 21:492 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Ozgina dardimni dasturxon qilay

Köpçilik «xatimga nega javob bermaysiz» deb yozişadi. Ayrimlar madaniyat bilan, ayrimlar iddao bilan, yana ayrimlar esa dilni xira qiladigan darajada haqorat bilan yozişadi bu gapni.

Barçaga javob qaytarişni çin dildan xohlayman. Olgan bilimlarimni insonlar bilan bölişişni, ularga bu orqali foydam tegişini istayman. Navoiy bobomiz aytganiday:

Hunarni asrabon netgumdir oxir,
Olib tufroqqami ketgumdir oxir.

Lekin azbaroyi xohlasam ham, jismoniy imkoniyatlar bunga imkon bermaydi. Sababi xatlar köp.

Masalan, @xushnudbekuz_bot botiga 1-avgustdan buyon 7 yarim minga yaqin xabar keldi (rasm pastda).

xushnudjohn@gmail.com poçtamda ham öqilmagan 1200 ga yaqin xat bor.

Facebook orqali kelgan 300 ga yaqin xabarga hali javob bera olmadim.

Bularning barçasini şunçaki öqib çiqiş uçun 10-15 kun vaqt kerak. Ayrim savollarga öşa zahoti javob beriş mumkin, ayrimlarning muammosini esa alohida örganiş talab etiladi. Qonun hujjatlarini titkilaş, tahlil qiliş, xulosalarni umumlaştiriş yaxşigina vaqt oladi.

Bularning barçasiga bir özim ulgurişim qiyin. Ayrimlar Xuşnudbek.uz blogi ortida katta jamoa işlasa kerak, öylaydi. Lekin aslida unaqa emas. Şu çoqqaça bloglarimni özim yuritganman. Xushnudbek.uz saytini ham, ijtimoiy tarmoqlardagi profillarimni ham, Telegram kanalimni ham özim yuritaman. Texnik tomondan yordam berib turuvçi döstlarim bor, ularga ming rahmat. Maqolalarimning har bir satri özimniki, şuning uçun xotirjam yuraman.

Boz ustiga blogerlik men uçun şunçaki xobbi, asosiy işim boşqa. Kasbiy faoliyatimdan vaqt ortsagina bloglarimga qarayman.

Şularni köpçilik töğri tuşunadi, ayrimlar esa besabab xafa böladi.

Iltimos, tuşuning, sizga javob bera olmayotganim va muammongizga eʼtibor qaratolmayotganim, bu buni xohlamayotganimdan emas. Şunçaki imkonim bölmayotganidan xolos.

«Ponyat i prostit» (s)

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek