Nursulton Nazarboyevning iste’fosi va uning merosi
Manba:Iqtisodchi Kundaligi
Nazarboyev
Avtoritar rejimlarda mamlakat yetakchisi oʻz taxtidan ketishi juda noyob hodisa. Odatda avtoritar liderlar, urush, harbiy toʻntaruv (coup), revolyutsiya yoki eng kamida liderning tabiiy oʻlimi tufayli taxtdan ketadi. Yaʼni Nazarboyevning ketishi muhim tarixiy hodisa, u tarixdagi oʻz xohishi bilan ketgan bir qoʻl barmoqlarida sanab o'tsa boʻladigan mamlakat rahbarlari qatoridan oʻrin oldi.
Endi uning merosiga qaraymiz. Hukumatlarning sifatini eng yaxshi oʻlchov birligi, odatda, aholining daromadlari va hayotning sifatidir. Iqtisodchilar aholining turmush tarzini kishi boshiga Yalpi Ichki Mahsulotda oʻlchaydilar. Yaʼni, YIMning oʻsish darajasi hukumat sifatining eng muhim oʻlchov birligi.
Nazarboyevni bu narsada omadi keldi deyishimiz mumkin, axir 2000 yillar boshidan, dunyo bozorida neft narxi keskin koʻtarilgan, va Qozogʻiston iqtisodiyoti kutilganidek jadal rivojlangan. Lekin Nazarboyev omadlik degan xulosa qilishga hali erta, chunki Qozogʻistonning shimoliy qoʻshnisi Rossiyada ham neft koʻp edi va neftdan tashqari bir qator resurslar, va eng muhimi juda taʼlimli aholisi ham bor edi. Lekin 2019 yilga kelib, Qozogʻiston aholi jon boshiga daromadlar boʻyicha Rossiyadan oʻzib ketdi (agar PPPga hisoblasak, nominalda Rossiya ozgina balandroq). Eng qizigʻi, Rossiya daromadlarning neft narxiga boʻlgan bogʻliqligi (korrelyatsiyasi) Qozogʻistonnikidan ham balandroq. Yaʼni Qozogʻiston neftdan Rossiyaga qaraganda “mustaqilroq”.
Bu degani, muhim oʻlchovlarga koʻra, Nazarboyev sobiq ittifoqning eng effektiv hukumat rahbarlaridan. Oʻzi SSSR qulamaganida, aynan Nazarboyev ittifoqning keyingi bosh vaziri (SOVMIN raisi) boʻlishi kerak edi. Buyogʻi esa tarix...
Rasmda Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekistonning YIMlari koʻrsatilgan (bugungi dollarda).
Qiziq bir raqam: 1999-yili, Oʻzbekiston Qozogʻistondan kishi boshiga oʻrtacha 60% ga kambagʻalroq edi (bizni PPPga ishonmayman), 20 yildan soʻng 600% ga kambagʻalroq.
Manba: XB
P.S. Meni ko'p Qozog'istonlik do'stlarim bor, va ular Nazarboyevga nisbatan turli hil fikrga egalar, lekin hech biri uni mutlaq "yaxshi" deya olmaydi. Lekin shunday deyishga haqlilar deb o'ylayman.


