Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Mustaqillik va Alişer Navoiy yili tarixi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Manba:Xushnudbek.uz

​​Mustaqillik va Navoiy

Alişer Navoiy siymosi haqida gap ketsa, eng avvalo mustaqilligimiz bilan boğliq bir holat yodimga tuşadi.

Bilasiz, yurtimizda yillarga turliça nom beriş anʼanasi bor. Köpçilik yillarning bunday nomlanişi 1997-yildan boşlangan deb öylaşadi. Lekin hujjatlardan köriş mumkinki, bu anʼana hali yurtimiz mustaqil bölmasdan avval boşlangan.

1991-yil 29-yanvar kuni Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti Islom Karimov «Alişer navoiyning 550-yilligini nişonlaş töğrisida»gi PF-139-sonli Farmonga imzo çekadi. Farmon matniga eʼtibor bering:

«Buyuk şoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alişer Navoiy tavalludining 550-yilligi nişonlanişi munosabati bilan mehnatkaşlar va jamoalarning takliflarini inobatga olib:

— 1991-yil Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida Alişer Navoiy yili deb eʼlon qilinsin;
— yubiley tantanalari şu yilning sentabr oyida ötkazilsin».

Eʼtibor bergan bölsangiz, farmon yanvar oyida imzolangan. Lekin yubiley tantanalarini negadir sentabr oyida ötkaziş rejalaştirilgan. Qarangki, yubiley tantalari belgilangan sentabr oyida Vatanimiz mustaqillikka erişib bölgan edi! Bu oddiy tasodifmikin?

Menimça, buyuk bobokalonimizning yubileylari aynan mustaqillikning ilk kunlariga töğri kelgani, şunçaki tasodif emas. Bunda ham ramziy maʼno bölsa kerak.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek