Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi çaqiruv eʼlon qilindi
Navbatdagi çaqiruv eʼlon qilindi. Buni ayrimlar notöğri tuşunmoqda
Çaqiriliş muddatini keçiktiriş va çaqirilişdan ozod etiliş huquqiga ega bölmagan Özbekistonning çaqiruv yoşidagi fuqarolari 2022-yilning mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi. Bu haqdagi Prezident qarori ÖzAda (@uzauz) eʼlon qilindi.
Xizmatning belgilangan muddatini ötab bölgan harbiy xizmatçilar esa 2022-yilning mart-aprel oylarida Qurolli Kuçlar rezerviga böşatiladi.
Uşbu qaror Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş fonida eʼlon qilingani uçun ayrimlar biroz notöğri tuşunibdi va hammani armiyaga çaqirişmoqda, deb öylaşibdi. Mazkur fikr notöğri. Bu har yili çiqadigan odatiy qarorlardan biri. Yaʼni 1 yillik harbiy xizmatini ötab bölganlarga ruxsat beriş va keyingi xizmat qiluvçilarni armiyaga olib ketiş uçun çiqarilgan. Bunga uruşning aloqasi yöq va bu ommaviy mobilizatsiya ham emas.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1101

