Şavkat Mirziyoyev Jöşqin Gujarat sammitida nutq sözladi

Matn18-yanvar, 2019, 15:051 daqiqa0 koʻrish

​​Hindistonning Gandinagar şahrida «Jöşqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammiti bölib ötdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sammitda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Norvegiya, Niderlandiya, Polşa, Koreya Respublikasi, Daniya, Çexiya, Malta, Tailand, BAA kabi mamlakatlardan davlat va hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va transmilliy korporatsiyalar boşliqlari, ekspertlar iştirok etdi.

Yirik iqtisodiy anjumanda Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.

«Biz Transafğon temir yöli loyihasini muhokama qilyapmiz. Istiqbolda bu yöl Janubiy Osiyoga, jumladan, Çoxbahor porti orqali Hindistonga çiqiş imkonini beradi», dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari informatsion texnologiyalar, dasturiy taʼminot, qişloq xöjaligi, qayta tiklanadigan energiya hamda uşbu sohalar mutaxassislarini tayyorlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişni taklif etdi. Bu böyiça dastlabki harakatlar boşlangan, Toşkent şahrida qöşma texnopark taşkil etiladi.

– Gujaratning ulkan iqtisodiy salohiyati va Andijon viloyati bilan şeriklik aloqalaridan kelib çiqib, şoh Bobur tuğilgan va uluğ Akbarşoh ajdodlarining vatani bölmiş Andijonda Özbekiston-Hindiston mintaqalari biznes-forumini şu yili ötkazişni taklif qilamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari 2020-yilda Hindistonda «Özbekiston madaniyati yili»ni hamda Özbekistonda «Hindiston madaniyati yili»ni ötkaziş, joriy yilda yurtimizda özbek-hind Yoşlar festivalini taşkil qilişni taklif etdi.

Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek