Şavkat Mirziyoyev jinoyatçilik va YTH masalalarini tanqid qildi

Matn27-iyul, 2018, 20:261 daqiqa0 koʻrish

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyul kuni jinoyatçilikning oldini oliş, davlat idoralari va jamiyatning bu boradagi masʼuliyatini oşiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda yöl-transport hodisalari köpayib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Joriy yilning 6 oyida röy bergan şunday hodisalarning 871 tasida 943 nafar odam halok bölgan, yana köplab insonlar jarohatlangan.

Haydovçi va piyodalarning bilimi, qoidalarga itoatkorligi va yöl harakati iştirokçilariga hurmati pastligi bunga sabab bölgan.

Yana bir asosiy muammo – yöllarning ayançli ahvoli, deyildi yiğilişda. Yöl quriş narxi Özbekistonga nisbatan Xitoyda 6 baravar, Polşada esa 7,5 baravarga arzon. Lekin mamlakatimizdagi aksariyat yöllar qoniqarsiz ahvolda. Bu ham köplab yöl-transport hodisalarini keltirib çiqarmoqda.

Şu bois 2018-2022-yillarga möljallangan yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş konsepsiyasini töliq va sifatli bajariş, avtotransport boşqariş huquqini beruvçi guvohnomani oliş va yöl harakati qoidalarini qasddan buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Manba: Kun.uz

P.S.: 6 oyda salkam ming kişi halok bölibdi! Naqadar dahşat bu!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek