Milliy sertifikat atrofidagi mojarolar muhokamasi
Milliy sertifikat atrofidagi mojarolar yuzasidan muhokama
Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Milliy test tizimi böyiça beriladigan sertifikatlar köplab muhokamalarga sabab bölmoqda. Test savollarining X-variant sifatida tarqab ketgani, ayrim öquv markazlari va repetitor öqituvçilar maʼlum haq evaziga javoblarni pullayotgani, natijada testga kirib çiqqanlar 90-100 foiz natija körsatayotgani haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi.
Özim şu kunlarda Toşkentda emasligim, internetdan biroz uzilib qolganim (Edge çiqaverib jonga tegdi) uçun uşbu mavzuni batafsil örganişga imkonim bölmadi. Bugun barça postlarni diqqat bilan öqib çiqdim, menga kelgan xabarlar bilan tanişdim va ayrim mutaxassislar bilan suhbatlaşdim.
Uşbu mavzu mohiyatan juda muhimligi, buning ostida millat kelajagi masalasi yotganligi uçun bugun kanalimizda ovozli çat körinişida suhbat qiladigan böldik.
Ovozli çatda DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov ham iştirok etadi.
Savollar, eʼtirozlar, fakt va dalillarni izohlarda qoldirişingiz mumkin.
Ovozli çat bugun soat 18:00-da boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
