Milliy boğ hududida yangi madaniy obyektlar quriladi
Xushnudbek.uzVideo1 daqiqa0Milliy boğ hududida Alişer Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alişer Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatr binosi, maşhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida Davlat sanʼat muzeyining namoyişlari kompleksi, yoş olimlar, yoşlar va kitob ixlosmandlariga xizmat körsatişga möljallangan, ilm-fan va sanʼatning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy naşrlarning ulkan salohiyatiga ega bölgan hamda 1,5 mln dona kitoblar fondini öz içiga olgan ulkan Kutubxona binosi quriliş işlari boşlandi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.
Şu sababli Milliy boğ hududidagi maşhur “Navröz” qabullar uyi buzilmoqda.
Maʼlumot uçun: ötgan yili noyabr oyida «Navröz» qabullar uyi kapital taʼmirlanib, Davlat iştirokidagi korxonalarni soğlomlaştiriş hamda davlat aktivlarini xususiylaştiriş markaziga aylantiriş rejalaştirilayotgani, birinçi qavatida esa mehnat birjasi oçilişi aytilgandi. Bu böyiça şaxsan Prezidentga taqdimot ham qilingandi.
👉 @xushnudbek 👈








