Mehnat huquqi bilimdoni tanlovi ğoliblari aniqlandi
Mehnat huquqi bilimdonlari aniqlandi
Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi kollej/akademik litsey hamda maktablarning 10-11-sinf öquvçilari örtasida «Mehnat huquqi bilimdoni» tanlovini taşkil qildi.
Onlayn test va yozma iş şaklida ötkazilgan tanlovning saralaş bosqiçida 1222 nafar öquvçi qatnaşdi.
Keça tanlovning respublika bosqiçi videokonferensiya şaklida taşkil etildi. Finalga çiqqan 24 nafar öquvçi bilan oğzaki suhbat taşkil etildi va mehnat huquqiga oid umumiy bilimlarini sinovdan ötkazildi. Şaffoflikni taʼminlaş maqsadida viloyatlardagi barça öquvçilar hamda ularning ustozlari har bir iştirokçi bilan suhbat jarayonini bevosita kuzatib turişdi.
Yakunda quyidagi öquvçilar ğoliblikni qölga kiritdi:
1-örin (noutbuk): Oçilova Maşhura Odil qizi – Jizzax viloyati, Jizzax şahridagi 22-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatining 10-sinf öquvçisi;
2-örin (planşet): Bekmurodov Rahmatullo Alişer öğli – IIV Buxoro akademik litseyining 3-bosqiç öquvçisi;
3-örin (smartfon): Islomova Nihola Vohidxöja qizi – Toşkent viloyati, Parkent tumanidagi 49-maktabning 11-sinf öquvçisi;
3-örin (smartfon): Turatova Maşhura Tohirjon qizi – Jizzax viloyati, Yangiobod tumanidagi 16-maktabning 10-sinf öquvçisi.
Tanlov komissiyasi xulosasiga binoan, bir xil ball töplagan 2 nafar öquvçi 3-öringa loyiq deb topildi.
Maktab/kollej/litsey öquvçilarining mehnat huquqi haqida biyron-biyron javob berişlarini körib, odamni közi quvonadi. Jamoa şartnomasi va mehnat şartnomasining farqini ayrim yuristlar bilmasligi mumkin, lekin öquvçilar öz tillarida bemalol tuşuntirib berişyapti.
Özi aslida bir neça yillardan buyon aytilayotgan bir taklifni amalga oşiriş payti keldi: örta va örta maxsus taʼlim öquvçilari hamda OTM talabalariga yönalişidan qatʼi nazar «Mehnat huquqi» fani (öquv kursi) öqitilişi kerak. Bu fanni faqat yuridik yönalişdagilar öqişi şart emas, çunki har bir bitiruvçi yoş bu mehnat bozorining potensial iştirokçisi! Ming afsuski mehnat huquqiga oid eng oddiy, eng sodda qoidalarni ham bilmasdan işga joylaşyapti, natijada kim nima desa şuni qiladigan, haqqini bilmaydigan (bilmagandan keyin talab ham qilmaydida) xizmatkorga (xodimga emas) aylanişyapti. Şu sababli yoşlarga mehnat huquqini köproq öqitiş kerak.
P.S.: Suratda «Mehnat huquqi bilimdoni» tanlovining ötgan yilgi ğoliblarini (öng tomondagi 3 nafar öquvçi) taqdirlaş marosimidan lavha
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
