Jamoat birlaşmalariga aʼzo böliş ixtiyoriyligi haqida

Matn5-aprel, 2019, 12:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Qonunlarimizdan parçalar:

1️⃣ Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

34-modda.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqiga egadirlar.

Bu huquq, tuşunyapsizlarmi, huquq! Majburiyat emas. Xohlasa aʼzo böladi, xohlamasa yöq.

2️⃣ «Özbekiston Respublikasida jamoat birlaşmalari töğrisida»gi Qonun

1-modda. Jamoat birlaşmasi tuşunçasi
Öz huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlaniş, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boşqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda röyobga çiqariş uçun birlaşgan fuqarolarning xohiş-irodalarini erkin bildirişlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlaşmasidir.

Erkinlik va ixtiyoriylik degan tuşunçalar haqida heç eşitganmisizlar?

3️⃣ «Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida»gi Qonun

2-modda. Nodavlat notijorat taşkiloti tuşunçasi
Nodavlat notijorat taşkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik şaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida taşkil etilgan, daromad (foyda) olişni öz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) öz qatnaşçilari (aʼzolari) örtasida taqsimlamaydigan özini özi boşqariş taşkilotidir.

Qonunlarimizga köra, nodavlat notijorat taşkilotlari faqat va faqat ixtiyoriylik asosida tuzilişi mumkin xolos. Boşqaça yöli yöq, bölmagan ham. Faqat Özbekistondagina istisno bölişi mumkin.

No comment…

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek