Jurnalistlar va OAV xodimlari taqdirlandi
Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida bir guruh jurnalist va soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jurnalistlarni Federatsiya raisi Qudratilla Rafiqov bilan birga Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ham taqdirladi.
Meni "O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati" mukofotiga loyiq ko‘rishganidan xursandman.
2014-2019-yillarda Kasaba uyushmalarining yuridik tizimida salkam 5 yil ishlaganman. Bu menga juda katta hayotiy maktab bo‘lgan. Shu vaqt ichida minglab xodimlarning huquqlari tiklanishida oz bo‘lsa-da hissam qo‘shilgan. Ko‘plab sud muhokamalarida xodimlar tarafini olib qatnashish va g‘olib bo‘lganimizda xodimlarning quvonch ko‘z yoshlarini ko‘rish nasib qilgan.
Umuman olganda, kasaba uyushmalari tizimi menga insonlarga naf keltirish oliy baxt ekanligini anglashimga xizmat qilgan. Buning uchun ushbu tizimdagi ustozlarimdan bir umr minnatdorman.
Kimgadir yaxshilik qilish juda yoqimli ish, men sizga aytsam.
- 👍 1268



