JIDUda kontrakt narxi oşirilişining huquqiy tahlili
Diplomatiyaning kontrakti haqida
Juda köpçilik talabalar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining kontrakt narxlari yangi öquv yiliga sanoqli kunlar qolganda kutilmaganda 2 baravarga oşirilgani haqida huquqiy maslahat berişimni sörab yozişmoqda. Şu sababli bu mavzuda özimning öta şaxsiy fikrlarimni aytib ötmoqçiman.
JIDU kontraktlari oşişining huquqiy tomonini yaxşiroq tasavvur qilişimiz uçun, atayin ança oldin yozgan postimni qayta çop etdim. Yaʼni qonuniy va adolatli qarorlarning bir-biridan katta farqi borligini töğri tuşunişimiz kerak.
Taşqi işlar vazirligining JIDU kontraktini oşiriş haqidagi qarori qonuniy, çunki 2018-yil 21-iyundagi PQ-3795-sonli Prezident qarorining 11-bandida TIV har yili JIDU kontrakti miqdorini tasdiqlaşi, bunda yönaliş böyiça kontrakt narxidan 3 barobar oşib ketişi mumkin emasligi yozilgan. Garçi Prezident qarorida aynan “kontrakt narxlarini oşiringlar” deyilmagan bölsada, lekin mazkur banddagi qoida asosida kontrakt narxlari oşirilişiga qonuniy asos bor, deya xulosa qiliş mumkin.
Biroq JIDU kontraktining 2 barobar oşirilişi adolatli qaror emas. Buni quyidagilarda köriş mumkin.
Birinçidan, joriy yil hujjat topşirib kirgan abituriyentlarga nisbatan adolatsizlik qilindi. Çunki kontrakt narxlarining oşirilişi 26-avgust kuni tasdiqlandi. Agar bu qaror avvalroq eʼlon qilinganda edi, unda köpçilik abituriyentlar “körpasiga qarab oyoq uzatgan” va boşqa OTMlarga topşirgan bölardi. Axir ular 10-11 mln.lik kontraktni möljal qilişganku! Hozirgi holatda 1-kursga kirgan talabalarni şu darajada noqulay ahvolga solib qöyişdiki, arosatda qolgan gunohkor bandadek, nima qilişini bilmay boşi qotib ötiribdi. Uşbu qaror natijasida 22 mln söm tölay olmaydiganlarning 1 yillik umrini xazon qilişdi! Xöş, bunday qaror adolatsiz emasmi?!
Ikkinçidan, kontrakt narxlarining keç (26-avgust) eʼlon qilinişi JIDUning 2-4 kurs talabalari uçun ham adolatsizlik böldi. Agar vaqtliroq (5-avgustgaça) eʼlon qilinganda edi, tölaşga qurbi yetmaydigan talabalar boşqa OTMlarga öqişini köçirişga («perevod») ariza berişga ulgurgan bölardi. Lekin talabalarni bu imkoniyatdan ham mahrum qilişdi. Bu xuddi tajribali ovçining paytini poylaaaab öz öljasini tuzoqqa tuşiriga öxşaydi. Xöş, bunday qaror adolatsiz emasmi?!
Uçinçidan, kontrakt miqdorini keskin oşirişda aholining örtaça daromadlari hisobga olinmagan. Avval ham bir fikrni köp bora taʼkidlaganman, yaʼni aslida sifatli taʼlimning narxi qimmatroq bölişi kerak. Bizda eng qimmat kontrakt yiliga 11 mln söm (1400 AQŞ) etib belgilangan (JIDUdan taşqari). Soliştiriş uçun: masalan, yurtimizdagi bir öquv markazida 3ta fan böyiça abituriyentlarni 10 oy öqitiş haqi salkam 16 mln söm ekan. Oliy taʼlim qayoqdayu, heç qanday diplom bermaydigan öquv markazi qayoqda.
Ammo bu degani kontrakt narxlarini istalgança oşiriş mumkin degani emas. Çunki tanganing ikkinçi tomonida yuqorida aytganimday aholining örtaça turmuş darajasi hisobga olinişi şart va lozim! Örtaça oylik 1 yarim mln söm bölgan holatda kontraktni yiliga birdaniga 11 mln sömga oşiriş adolatdanmi? Yemay-içmay bir yillik oyligini yiğganda ham yetmaydigan miqdorni belgilaş qaysi adolat mezonlariga töğri keladi?
Xullas, mening şaxsiy fikrimça, JIDU kontraktini oşiriş haqidagi qaror qonuniy, lekin ADOLATSIZ böldi.
Jinoyat-protsessual qonunçiligiga binoan, sudning hukmi adolatsiz bölsa, u bekor qilinişi kerak. Lekin kontrakt haqidagi qaror bekor qilinadimi yoki yöq, unisi menga qoronğu. Menimça, heç narsa özgarmaydi.
Albatta bularning barçasi IMHO.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

