Alişer Usmonov tuğilgan kunini Toşkentda nişonlaydi

Matn9-sentabr, 2018, 09:401 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

​​Alişer Usmanov tuğilgan kunini Toşkentda nişonlaydi

Özbekistonga kelib ketayotgan samolyotlarni kuzatadigan "AviaSpotter" kanalining maʼlumotlariga köra, şu kunlarda "Toşkent" xalqaro aeroportiga dunyoning turli oligarxlariga qaraşli şaxsiy va tijoriy aviajetlar serqatnov bölib qolgan. Kanal bergan axborotga köra, bu milliarder Alişer Usmonovning 9-sentabrda Toşkentda nişonlanadigan tuğilgan kuni bilan boğliq bölişi mumkin.

7-sentabrdan boşlab Toşkentga turli rusumdagi samolyotlar çarter reyslar bilan kirib kelmoqda. Alişer Usmonovning "Bourkhan" avialayneri ham şu kuni Soçidan uçib kelib, poytaxtga qöngan. Şuningdek, Toşkentga turli nufuzli futbol klublaridan vakillar taşrif buyurmoqda. Xususan, "Vnukovo" aeroportidan SSKA prezidenti Yevgeniy Giner uçib kelgan. Bundan taşqari, "GainJet Aviation"ga qaraşli Angliyaning "Mançester Siti", "Tottenxem", Portugaliyadan "Benfika" klublariga xizmat körsatadigan VIP konfiguratsiyali "Boeing 737-23N" samolyoti ham Özbekistonga yetib keldi.

Rossiyalik biznesmen, "Magnitogorsk metallurgiya kombinati" direktorlar kengaşi raisi va strategik rejalaştiriş qömitasi raisi Viktor Raşnikovning şaxsiy "Bombardier golfstream G650" samolyoti ham 8-sentabr kuni Toşkentga qöngan.

Hozirgaça 15 ga yaqin şaxsiy va tijoriy aviajet Rossiya va Yevropadan "Toşkent" xalqaro aeroportiga kelib qöngan.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek