Italiya futbol bo'yicha Yevropa chempioni bo'ldi
🇮🇹 ITALIYA — ÇEMPION!!!
Argentina Amerika kubogi finalida mezbon Braziliyani afsonaviy “Marakana” stadionida mağlub etgandi. Yevropa çempionatida esa Italiya mezbon Angliyani afsonaviy "Uembli" stadionida taslim etdi.
Öyinning 2-daqiqasidayoq Lyuk Şou hisobni oçdi. 2-bölimda esa Italiya töliq ustunlikka erişdi va 67-daqiqada Bonuççi hisobni tenglaştirdi. Şu bilan öyinda boşqa gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa Italiyaning qöli baland keldi — 3:2 (videosi tepada).
Penaltilar seriyasi:
✅Berardi 1:1 Keyn✅
❌Belotti 1:2 Maguayr✅
✅Bonuççi 2:2 Reşford❌
✅Bernardeski 3:2 Sanço❌
❌Jorjinyo 3:2 Saka❌
Şunday qilib Italiya öz tarixida ikkinçi bor Yevropa çempioniga aylandi.
🏆🥇 Barça Italiya muxlislarini (şu jumladan özimni ham) çempionlik bilan tabriklayman!
P.S.: Italiyaga 1998-yildan buyon muxlislik qilaman. Va şu davr mobaynida 2006-yilgi Jahon çempionligini hisobga olmasa, juda köp alamli mağlubiyatlar bölgan. Lekin Italiya har doim dunyoning eng kuçli futbol mamlakatlaridan biri ekanligini isbotlaydi.
👉 @xushnudbek 👈

