Messi terma jamoa bilan ilk kubogini qölga kiritdi
Messi nihoyat terma jamoa bilan ilk kubogini qölga kiritdi
Bugun tongda Amerika kubogi finalida afsonaviy "Marakana" stadionida Braziliya hamda Argentina terma jamoalari özaro kuç sinaşdi. Bahsda Anxel Di Mariya tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga Argentina çempionlikni qölga kiritdi.
Bu Lionel Messining terma jamoa tarkibidagi ilk ğalabasi böldi. Bunga qadar Messi Argentina bilan 4 marta finalga çiqib, barçasida mağlub bölgandi. Xususan, 1 marta Jahon çempionatida (2014) va 3 marta Amerika kubogida (2007, 2015, 2016) finalda omadi kelmagandi.
Har qanday buyuk futbolçi uçun terma jamoa bilan qozonilgan ğalaba juda muhim. Messi esa şubhasiz buyuk futbolçi va u nihoyat tanqidçilarning daşnomidan qutildi.
Şuningdek, Messi 4 ta gol bilan Amerika kubogining eng yaxşi töpurari böldi. Uşbu natijalar uni Oltin töp uçun asosiy daʼvogaralardan biriga aylantirdi.
Argentina terma jamoasi va Lionel Messining muxlislarini ğalaba bilan tabriklayman!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1
