Iqtisodiyot universiteti abituriyentlarga SMS yubormoqda
Aytgança, keça menga SMS keldi. Iqtisodiyot universitetiga hujjat topşirganimdan mamnunligini aytişibdi. Rektorning abituriyentlarga yöllagan xabarnomasi bilan tanişişimni söraşgan va menga omad tilaşibdi.
Qoyil, zamonni özgarişini qarang. Abituriyentga (hali talaba ham emas), şunçaki qaysidir OTMga hujjat topşirgani uçun hurmat körsatişyapti. Eh, hozirgi abituriyentlar juda bir erkalatib yuborilyapti-da, bizni davrlarimizdagi kabi qiyinçilikni körmayapti birortasi. Lekin abituriyent xalqi şunda ham butun dunyodan norozi ))
Behazil aytganda, yildan yilga ortiqça byurokratiya kamayaversin, abituriyentlar asosiy vaqtini taşkiliy jarayonlarga emas, öqişga sarflasin. Biz şundan xursand.
P.S.: bunaqa SMS hammaga bordimi yoki Narxozdagilar atay meni telefonimni topib, yuborişdimi? 😁
👉 @xushnudbek 👈
