Alişer Saʼdullayev abituriyentlarga murojaat yölladi

Matn1-avgust, 2018, 13:071 daqiqa0 koʻrish

​​Hozirda Andijon viloyatidagi test sinovlari jarayonida nazoratçi sifatida qatnaşayotgan Xalq taʼlimi vaziri örinbosari Alişer Saʼdullayev abituriyent yoşlarga murojaat bilan çiqdi:

#Yoshlarga_Murojaat
Aziz tengdoşlar, xalqimiz xohişi bilan imtihonlarda maksimal şaffoflikni taʼminlaş yuzasidan mutlaqo yangi test tizimi işga tuşirildi. Ayni damda yurtimizning barça hududlarida test jarayoniga bölgan tayyorgarlik öz nihoyasiga yetdi. Bularning barçasi yoşlarimizning adolatga işonişi va yurtboşimizning yoşlarga barça imkoniyatlarni yaratib beriş uçun qilayotgan tadbirlaridir. Biz ham şu jarayonda qatnaşib (rasmda: Andijon, 2040 örinli pavilyon), sizga tengdoş sifatida şuni taʼkidlamoqçimizki, imtihonning ötiş jarayonida adolatli iş yuriting, ğirromlik yoki qalloblik qilib emas, şu taşabbuslarni hurmat qilgan holda adolatli, halol va tartib-intizomga rioya qilgan holda testlarni topşiring. Öz bilimingiz va salohiyatingizga işoning. Barça yerda kameralar bor, biror-bir noörin harakatga qöl urmang va doim yodingizda tuting bu sizning birinçi mustaqil qadamingiz va birinçi qadamni yurtboşimiz taşabbuslariga va xalqimiz işonçiga hurmat bilan taşlang toki haqiqiy salohiyatli yoşlar ilm egallasinlar hamda xalqimiz xizmatida bölsinlar.
Omad barçamizga yor bölsin!

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Abdulla Aripov test jarayonlarini kuzatdi

    01 daqiqa

  2. Abituriyentlarga omad va zafarlar tilayman

    01 daqiqa

Yana oʻqing