Fransuz baliqçilari şamol elektr stansiyalariga qarşi
Fransuz baliqçilari Don Kixot rolida: ular şamol elektr stansiyalariga qarşi
Fransiyaning Normandiya provinsiyasi baliqçilari şamol elektr stansiyalarining qurilişiga qarşilik qilişmoqda. Buning belgisi sifatida ular mahalliy hokimiyat binosi oldiga baliqlarni olib borib tökişgan.
Baliqçilar şamol elektr stansiyalarining qurilişi dengiz tubini vayron qilişi bilan birga undagi mavjudotlarning hayot tarziga ham zarar yetkazadi, deb hisoblaşmoqda.
Şundoğam pandemiya tufayli daromadi 40 foizga kamaygan baliqçilar uçun bu navbatdagi xatar bölişi mumkin, deb yozadi Euronews.
Şuningdek, şu kunlarda Angliya va Fransiya örtasida keçayotgan “baliq janggi” keskin siyosiy tus olmoqda. Bundan esa asosan La-Manş böğozida ov qiladigan normandiyalik baliqçilarga katta zarar yetkazmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


