Favqulodda holat töğrisidagi qonun qabul qilindi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan«Favqulodda holat töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi
Qonunga köra, favqulodda holat fuqarolarning hayotiga, soğliğiga va xavfsizligiga, konstitutsiyaviy tuzumga va hududiy yaxlitligiga bevosita tahdid soladigan hamda favqulodda çoralar qöllamasdan bartaraf etiş mumkin bölmagan holatlar mavjud bölgan taqdirda joriy etiladi.
Favqulodda holat Prezident farmoni bilan Özbekistonning butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilişi mumkin.
Özbekistonning butun hududidagi favqulodda holat 30 sutkadan, ayrim joylardagi favqulodda holat esa 60 sutkadan oşişi mumkin emas. Favqulodda holatni joriy etiş maqsadlariga erişilmaganda yana bir muddatga uzaytirilişi mumkin.
Real taşqi xavf bölganida komendantlik soati joriy etilişi mumkin. Bunda qoidalarni buzgan şaxslar komendantlik soati tugaguniga qadar uşlab turiladi.
Özbekistonning ayrim joylarida favqulodda holat eʼlon qilinganda 24 soat içida çegaradoş davlatlar xabardor qilinadi.
Mazkur Konstitutsiyaviy qonun bugundan kuçga kirdi.
👉 @xushnudbek👈
- 👍 1
