Sirtqi va keçki taʼlimda super-kontrakt tartibi
Eng köp berilayotgan savollar:
1) Maxsus sirtqi, keçki va sirtqi yönalişlarda ham super-kontrakt bormi?
2) Xuddi şu taʼlim şakllarida super-muper kontrakt (56,7 dan kam ball töplaganlar uçun) bormi?
3) Xuddi şu taʼlim şakllarida super-kontrakt narxlari qança? Kunduzgi bilan bir xilmi?
4) Xuddi şu yönalişlar uçun super-kontrakt arzonroq joyga «perevod» qiliş tartibi amal qiladimi?
JAVOBLAR: Afsuski uşbu savollarning birortasiga menda aniq va rasmiy javob yöq. Lekin taxminiy javoblar quyidagiça:
1) Uşbu taʼlim şakllarida ham super-kontrakt bor. Çunki Davlat qabul komissiyasining 5-son bayonnomasini körar ekanmiz, unda super-kontraktlar aynan kunluzgi taʼlim şakli uçun amal qilişi belgilanmagan, balki umumiy “abituriyentlar” deyilgan.
Demak, maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida ham super-kontrakt tartibi mavjud.
Super-kontrakt haqida batafsil maʼlumot:
https://t.me/xushnudbek/751
2) Bu savolga javobni ham Davlat qabul komissiyasining bayonnomasidan qidiramiz. 6-son bayonnomaning 4-bandida 56,7 balldan kam ball töplagan, öqiş istagini bildirgan abituriyentlar uçun oşirilgan tölov-kontrakt miqdorining 2 barobari etib belgilangan. Bu yerda ham aynan taʼlim şakli haqida çeklov yöq, umumiy aytilgan.
Demak, maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida ham super-muper kontrakt tartibi mavjud.
Super-muper kontrakt haqida batafsil maʼlumot:
https://t.me/xushnudbek/847
3) Super-kontrakt miqdorida ham taʼlim şakliga çeklov nazarda tutilmagan.
Demak, maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida ham super-kontrakt miqdori kunduzgi bilan bir xil.
Barça yönalişlar uçun super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/826
4) Yana öşa bayonnomada quyidagiça band mavjud:
“test sinovlari natijasi böyiça yetarli ball töplamagan va oşirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar uçun oşirilgan tölov-kontraktning miqdori (barobari) kam bölgan taʼlim yönalişini tanlaş imkoniyati berilsin.”
Körib turganingizdek, bu yerda ham umumiy aytilgan.
Demak, maxsus sirtqi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida ham super-kontrakt arzonroq joyga «perevod» qiliş tartibi amal qiladi.
Arzon joyga «perevod» qiliş haqida batafsil maʼlumot:
https://t.me/xushnudbek/874
❗️Yana bir bor eslataman, mazkur javoblar rasmiy maʼlumot sifatida talqin etilmaydi. Bular mening şaxsiy fikrlarim xolos. Rasmiy izohni esa mutasaddi taşkilotlardan kutib qolamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
- 👍 2


