Eng kam iş haqining miqdori haqida tuşuntiriş
Eng kam iş haqining miqdori haqida tuşuntiriş
Sönggi kunlarda eng kam iş haqining miqdoriga oid eʼlon qilingan xabarlar ortidan turli tuşunmovçiliklar kelib çiqmoqda. Ayrimlar mazkur xabarni biroz notöğri talqin qilişayotganligi sababli, soha mutaxassisi sifatida qisqa izoh berib ötmoqçiman.
Özi nima böldi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 47-sonli qaroriga binoan, mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasiga özgartiriş kiritildi va 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari oşirildi.
Kiritilgan qöşimçalar şuni anglatadiki, xodimlarga tölanadigan iş haqining eng kam miqdori 577 ming 172 söm etib belgilandi (ilgari 501 ming 959 söm edi).
Bu nima degani?
Bundan 1 yillar oldin şu mavzuga oid maqolam eʼlon qilingandi. Öşanda Prezident Farmoni bilan belgilanadigan eng kam iş haqi miqdori (hozirda 202 ming 730 söm) bu Özbekistonda xodimlar eng kam şunça iş haqi oladi degani emasligini tuşuntirişga harakat qilgandim.
Prezident qarorida keltiriladigan EKIH summasi bu soliqlar, majburiy tölovlar, jarimalar tölaş uçun asos böladi. Xodimlarga tölanişi kerak bölgan «oylik» esa boşqaçaroq hisoblanadi.
Aniqroği xodimlarning lavozim okladi Prezidenti Farmoni asosida belgilangan EKIHni Vazirlar Mahkamasining 21.07.2009-yildagi 206-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq tölaşning yagona tarif setkasidagi tarif koeffitsiyentiga köpaytiriş orqali hisoblanadi (quyidagi suratga qarang).
Masalan, keling, istalgan bir razryaddagi xodimning okladini hisoblab köramiz.
Aytaylik, Sizni 7-razryad böyiça işga qabul qilişdi. Jadvalga eʼtibor qilsak, 7-razryad uçun 4,284 tarif koeffitsenti berilgan.
Bunday vaziyatda Sizning lavozim okladingizni hisoblaş uçun ana öşa 4,284 koeffitsentni Prezident Farmoni bilan belgilangan EKIH miqdoriga köpaytiramiz.
202 730 x 4,284 = 868.495
Demak, 7-razryadga işga kirgan xodimning lavozim okladi 868 ming 495 sömni taşkil qiladi.
Odamlarni nima çalğitmoqda?
Ikkala holatda «eng kam iş haqi» degan atama odamlarni çalğityapti.
Bu mavzu yuzasidan fikr beradiganlar orasida «Prezident Farmoni bilan belgilangan eng kam iş haqi miqdori faqat hisob-kitoblar uçun amal qilsa, lekin aslida mamlakatdagi eng kam tölanişi kerak bölgan iş haqi 1-razryad böyiça 577 ming 172 sömni taşkil etsa, unda balki EKIHning nomini özgartiriş kerakdir» degan takliflar ham yöq emas.
Xulosalar
Quyidagilarni bilib qöysangiz zarar qilmaydi:
👉 EKIH 202 ming 730 söm ekanligi, bu 1 stavkada işlaydigan xodimlar şunça oylik oladi degani emas. Özbekistonda har qanday lavozimdagi iş uçun 1 stavkada işlaydigan xodimga 577 ming 172 sömdan kam iş haqi tölaş mumkin emas;
👉 2-3 kundan buyon çiqayotgan “eng kam iş haqi oşirildi” degan xabarlar, bu hammaning iş haqi oşadi degani emas. Faqat eng pastki 3 ta razryadda işlaydigan xodimlarning oyligi oşadi xolos;
👉 “eng kam iş haqi oşirildi” degan xabarlarning talabalar kontrakti yoki soliqlar oşişiga aloqasi yöq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


