Deputatlar va saylovçilar örtasidagi munosabat haqida
Deputatlar va saylovçilar haqida
«Yangi Özbekiston»da yangi parlament şakllangandan keyin ijobiy özgarişlardan umidvormiz, albatta. Ammo hozirça biror katta ijobiy signal sezişga ulgurmadik.
Masalan, eng oddiysidan boşlasak, haligaça Oliy Majlis atrofini örab turgan panjaralar olib taşlanmadi. Haligaça xalq saylagan deputatlar xalqdan qörqib, baland panjaralar ortiga berkinib ötirişadi. Bu böyiça köp bora gapirildi, siyosiy debatlarda vaʼdalar berildi, ammo qaçon amalga oşişi hozirça nomaʼlum. Bu kabi panjaralarni boşqa köplab davlat taşkilotlarida ham uçratiş mumkin. Çunki bizda haligaça fuqarolarga potensial jinoyatçiga qaraganday qaraşadi.
Yoki ikki kundan buyon barça ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan «Siz meni saylamagansiz, bundan keyin ham saylamaysiz... saylamasangiz ham mayli» degan gaplarni olaylik.
Umuman olganda partiya raisi, deputat va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari uşbu gapi bilan nima demoqçi bölganini tuşuniş qiyin emas, «Siz men saylangan okrugda yaşamaysiz, Sizning deputatingiz boşqa» degan mazmunga şaʼma qilgan.
Endi şu joyida savol tuğiladi, nazariy jihatdan umuman boşqa okrugda yaşaydigan fuqaro boşqa okrugdan saylangan deputatga eʼtiroz bildirib, undan biror narsani talab qila olmaydimi? Talab qila oladi, qilganda qandoq!
Çunki barça deputatlar qaysi okrugdan saylanganidan, kimlar ovoz berganu, kim ovoz bermaganidan qatʼi nazar, fuqarolar tölagan soliqlar evaziga davlat byudjetidan maoş oladi. Yaʼni deputatlarni XALQ BOQADI. Yana qaytaraman, deputatlarni XALQ BOQADI. Tuşunişni istamayotganlar uçun uçinçi marta qaytaraman, deputatlar xalqni emas, XALQ DEPUTATLARNI BOQADI.
Mana şuning özi eng katta asos. Özbekistonning qayerida istiqomat qilişingizdan qatʼi nazar, u xoh Namangan bölsin, xoh Jizzax, istalgan deputatga eʼtiroz bildira olasiz, istalgan deputatga qonun doirasida talab qöya olasiz. Ular bizning hisobimizdan oilasini boqyapti. Bizning hisobimizdan Mersedesu Malibudan iborat xizmat maşinalarida yurişibdi. Bizning hisobimizdan imtiyozli şartlarda uy-joy olişyapti. Bizning hisobimizdan qimmat Apple iMac kompyuterlariga Windows örnatib işlatişmoqda.
Nafaqat har bir deputat, balki har bir davlat xizmatçisi mana şu oltin qoidani har lahza yodida tutişi, heç qaçon unutmasligi kerak.
Bor gap şu.
👉 @xushnudbek 👈


