Davlat qabul komissiyasiga super-kontrakt böyiça murojaat

Matn12-sentabr, 2019, 09:553 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat qabul komissiyasiga murojaat!

Hurmatli, Davlat qabul komissiyasi raisi va aʼzolari.

Sizlarning qimmatli vaqtlaringizni ortiqça oliş niyatim yöq, şu sababli öqişga kira olmay qolgan 900 ming abituriyentlarning bir iltimosini qisqaroq qilib yetkazmoqçiman.

Gap super-kontraktlar haqida.

Öquv yili boşlanib ketdi, lekin haligaça super-kontrakt narxlari maʼlum emas. Yuz minglab insonlar buni intiqlik bilan kutib, arosatda yurişibdi. Ammo gap bu haqda emas.

Muammo boşqa joyda. Joriy yilda ilk marta uçta yönalişga hujjat topşirildi. Bu köpçilikni quvontirdi. Öz navbatida köplab savollarni keltirib çiqardi. Şulardan biri: uçta yönalişdan yiqilgan abituriyent özlari istagan yönalişida super-kontraktda öqiy oladimi?

Hozir abituriyentlarga faqat birinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oliş mumkinligini aytişmoqda va 2 hamda 3-yönalişdagi OTMlar arizalarni qabul qilmayapti. Ammo buni quyidagi asoslarga köra, adolatsiz va mantiqsiz, deb hisoblayman.

Birinçidan, mantiqan öylaganda ham öşa abituriyent uçala yönalişdan yiqilgan. Buni heç kim inkor qilmasa kerak. Aytaylik, abituriyent quyidagi uçta OTMga hujjat topşirgan edi:
1) ÖzMU;
2) SamDU;
3) Şarqşunoslik.

Abituriyent uçala yönalişda ham tanlovda iştirok etib, öz baxtini sinab körgan. Va uçalasiga ham kira olmagan, yaʼni barçasidan yiqilgan. Endi u, aytaylik Şarqşunoslikda super-kontraktda öqimoqçi. Nima uçun bunga qarşilik qilişimiz kerak? Axir u Şarqşunoslikka kira olmagani rostku! Super-kontraktning asosiy qoidasi ham öqişdan yiqilgan abituriyentning qöşimça kvota asosida qabul qilinişi emasmi?

Ikkinçidan, faqat birinçi yönalişni tanlay olişiga asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandidagi “abituriyentning töplagan ballari u tanlagan uçala bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça yetarli bölmagan taqdirda, uning test sinovi natijalari birinçi taʼlim yönalişida eʼlon qilinadi” degan qoidani keltirişmoqda.

Ammo bu band huquqiy jihatdan qöşimça qabulga taʼsir ötkaza olmaydi. Birorta Nizomda abituriyent faqat birinçi yönalişda super-kontraktda öqişi mumkinligi haqida qoidalar mavjud emas.

Uçinçidan, agar yiqilgan abituriyentning bali faqat birinçi yönalişda eʼlon qilinişi haqidagi qoida juda muhim deb hisoblangan taqdirda ham, amalda DTM saytida abituriyentning bali barça yönalişlarda eʼlon qilinganini unutmaslik kerak. Qoida böyiça test natijalari rasman DTM saytida eʼlon qilinadi. Cabinet.dtm.uz yoki mandat.dtm.uz sahifalarida esa uçala yönalişga ham kira olmagan abituriyentlarning ballari uçala yönalişda ham eʼlon qilindi. Demak, öz-özidan yuqoridagi band super-kontraktga amalda taʼsir körsatmaydi;

Törtinçidan, abituriyentlar qabul jarayonlari boşlanmasidan oldin, agar uçala yönalişdan ham yiqilsa, faqat birinçi yönalişni tanlay olişlari haqida biror marta ogohlantirildimi? Ularga bu tartib tuşuntirildimi? Yöq, yöq va yana yöq! Bas, şunday ekan, hozir ularning huquqini çeklovçi bunday qaror qabul qiliş qay darajada adolatli?

Beşinçidan, qonunlarni qöya turaylik, keling insonparvarlik nuqtai nazaridan öylab köramiz. Hukumatga öqişdan yiqilgan abituriyentning 2 yoki 3-yönalişda super-kontraktda öqişiga tösqinlik qilişidan nima foyda? Şuni kimdir tuşuntirib bera oladimi? Bundan taʼlim tizimiga qanday naf bor? Şaxsan men heç qanday foyda körmayapman.

Hurmatli, Davlat qabul komissiyasi masʼullari!

Iltimos, heç bir mantiqli asosi bölmagan holda abituriyentlarning erkinligini çeklovçi qaror qabul qilmang. Ularning öz xohişlari böyiça özlari tanlagan istalgan yönalişda öqişlari uçun imkon bering. Özi şundoq ham bunaqa katta summa tölab, öqiy oladiganlar soni köp bölmaydi. Şunça pul tölaganga yaraşa, ularga erkinlik, şaroit va imkoniyat ham beriş har tomonlama töğri bölar edi, menimça.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Qöşilgan qiymat soliği stavkasi kamaytiriladi

    01 daqiqa

Yana oʻqing