Boş vazir matbuot xizmati soxta xabarni rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan soxta xabarlarga Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Matbuot xizmatining raddiyasi
Joriy yilning 18-sentabr kuni Internetdagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda mahallalardagi masjidlar soni, diniy libosda yuradigan, soqol qöygan, missionerlik faoliyati bilan şuğullanadigan hamda turli maqsadlarda çet elga ketgan fuqarolar sonini aniqlaş böyiça savodsizlarça yozilgan xabar joylaştirilib, yiğilgan maʼlumotni içki işlar idoralari va mahalla jamğarmasiga taqdim etiş körsatib ötilgan. Şuningdek, xabarda göyoki uşbu körsatma Özbekiston Respublikasining Boş vaziri tomonidan berilganligi aytilgan.
Şuni maʼlum qilamizki, bunday körsatma va topşiriq Özbekiston Respublikasining Boş vaziri tomonidan ham, Hukumat tomonidan ham berilmagan. Taʼkidlaş kerakki, Hukumat rahbarining barça körsatma va topşiriqlari maxsus blankda çop etilib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hozirda huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan uşbu uydirma va yolğon xabarni kim va qanday maqsadlarda tarqatgani yuzasidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Mazkur xabar soxta va uydirma bölib heç qanday asos hamda mantiqqa ega emas. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan bunday mazmundagi soxta va yolğon xabarlarga eʼtibor bermasliklari va ogoh bölişlari söraladi.
👉 @xushnudbek 👈

