Aziz Abduhakimovning norozi fuqarolar bilan muloqoti

Video18-fevral, 2020, 12:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mansabdor böliş ham oson emas. Rahbarlarda toğday sabr va matonat, oğir vaziyatlarda aqlli qaror qabul qiliş könikmasi bölişi kerak. Ayniqsa alamzada fuqarolar bilan muloqot qilganda.

Keça «Human» agentligi aldagan yuzga yaqin fuqaro yiğilgandi. Bu mojaroning oxiri xalq vakillarining közda yoş bilan, xursandçilikdan qarsaklar çalib, Prezident haqiga duolar qilib tugaganini körgan bölsangiz kerak.

Ammo ungaça vaziyat rosa tarang edi. Uşbu videoda Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning norozi fuqarolar bilan suhbatidan parça aks etgan.

Suhbat davomida 2 ta noqulay vaziyat yuzaga kelgan va Boş vazir örinbosari hazil bilan vaziyatdan çiqib ketgan. Masalan:

Fuqaro (norozi ohangda):
- Ey, judayam ajoyib ekanlar bu kişim!

Boş vazir örinbosari (maʼlum soniya jim bölib qolib):
- Siz... Siz... Rahmat, bergan bahongiz uçun.

(odamlar kuladi) 😀

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek