Andijon şahar IIBga yangi boşliq tayinlandi
Manba:Daryo — LIVE
Parpiyevning jiyani örniga Toşkent viloyatidan haydalgan kadr
4-iyun kuni Andijon şahar IIBning yangi boşliği taniştirildi. Tadbirda şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev (ha, öşa — «şakal» deb takrorlaşni yaxşi köradigan hokim), Özbekiston içki işlar vaziri Pölat Bobojonov qatnaşgan. Şunday qilib, polkovnik Şuhrat Parpiyev örniga boşqa polkovnik — Saidkarim Nişonboyev (quyidagi suratda) Andijon şahar IIB boşliği etib tayinlangan.
Polkovnik Parpiyev haqida uning familiyasining öziyoq aytib turibdi — öşa maşhur Parpiyevning jiyani. U Prezidentning Andijonga taşrifidan söng «hokimiyatni Parpiyevlardan tozalaş operatsiyasi» davomida işdan olingan edi. Bu «operatsiya»dan söng eng maşhur Parpiyev kasalxonaga tuşib qolgani haqida ham xabarlar çiqdi. Bir neça kun içida ukang, öğling, jiyanlaring işdan olinsa — qançalik «oddiy askar» bölma — qabul qiliş oson emas.
Polkovnik Nişonboyev esa kamida bir marta Prezident Mirziyoyevning yomon eʼtiboriga tuşib ulgurgan. Öz vaqtida Özbekiston içki işlar vaziri örinbosari ham bölgan Nişonboyev 2017-yil martidan 2018-yil yanvariga qadar Toşkent viloyati IIBga rahbarlik qilgan. Uni 2018-yil 5-yanvar kuni Toşkent viloyatida ötkazilgan selektorda «berilgan vazifalarni bajarmagani uçun» şaxsan Şavkat Mirziyoyevning özi işdan olib taşlagan edi.
Parpiyev va Nişonboyevning hayotidan ularni birlaştirib turuvçi bir qiziq fakt — 2017-yili Şuhrat Parpiyevni Andijon şahar IIB boşliği etib tayinlaş va Saidkarim Nişonboyevni Toşkent viloyati IIB boşliği etib tayinlaş haqidagi buyruq bir vaqtda çiqqan (mana dalil!).
