Abituriyentlar uchun bepul onlayn-repetitor loyihasi

Matn15-iyun, 2020, 11:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#abituriyent
⚡️Abituriyentlarga yordam: uyda qolib, bepul “onlayn-repetitor” orqali testlarga tayyorlaning!

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bugundan boshlab TV orqali “Online-repetitor” loyihasi boshlanganini ma’lum qildi.

Hammaning ham hozirgi yozgi taʼtil vaqtida repetitorga borish imkoni yo‘q.

Shuning uchun “Online-maktab” kanalida (5-8-sinflarnikini o‘rniga) bugundan boshlab “Online-repetitor” rukni ostida testga tayyorlash kurslari boshlandi. Endi mamlakatimizning istalgan joyidan bemalol uyda o‘tirib Davlat test markazining testlariga tayyorgarlik ko‘rsa bo‘ladi.

15 va 16-iyun kuniga mo‘ljallangan jadvallar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanalida (@uzedu) eʼlon qilindi.

“Online-repetitor” loyihasini kuzatib boring va TV orqali testlarga bepul tayyorlaning!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek