Abituriyentlar apellyatsiyasi va hujjatlarni qaytarib olish

Matn6-sentabr, 2018, 16:271 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Abituriyentlarning baʼzi savollariga javob beriş qiyin. Şu darajada ajoyib vaziyat va kazuslar haqida yozişadiki, birorta normativ hujjatda buning yeçimi körsatilmagan böladi. Masalan, şunaqa savollardan bittasi:

Salom Xushnud aka. Menda bitta savol bor edi: men DTMga apellyatsiya arizasini berdim, ular esa apellyatsiya bo'lish kunini 18-sentabrda deb belgilashdi. Apellyatsiyadan tashqari men boshqa o'qishlarga (masalan, Xususiy OTMlarga va chet el OTMlariga) hujjatlarimni topshirmoqchi edim. O'sha boshqa o'qishlarga hujjat topshirish muddati 18-sentabrdan oldinroq tugaydi. Savolim shuki, men hozirda hujjatlarim saqlanayotgan OTMdan hujjatlarimni olgan taqdirimda ham apellyatsiya bo'laveradimi yoki apellyatsiyaga kiritilmaymanmi? (DTM xodimlaridan so'ramoqchi edim, lekin odam ko'pligi va navbat tig'izligi halaqit berdi)
Savolim javobsiz qolmaydi degan umiddaman. Oldindan rahmat.

Qiziq savol ekan, rostdan. Apellyatsiyagaku kiritilsa kerak, unda biror muammo bölmaydi. Lekin OTMdan hujjatlarini qaytarib olib, xususiy OTMlarga topşirsayu, keyin apellyatsiyada yutib, öqişga qabul qilinadigan bölsa, hujjatlarini qaytarib olgani muammo tuğdirmasmikin? Şaxsan menda bu savolga javob yöq, sira kuzatmagan ekanman.

Mening fikrimça, aslida heç qanday muammo bölmasligi kerak. Nima farqi bor, qaytarib oldimi, olmadimi, asosiysi öqişga kirgani aniqku. Xudo xohlasa keyingi yillarda tezroq onlayn yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali hujjat topşiriş tizimini yaratilsa, bunaqa muammolar öz-özidan yeçilib ketadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Talabalar yotoqxonasi va ijara muammolari

    02 daqiqa

Yana oʻqing