Abituriyentlar uçun hujjat topşiriş tölovi haqida
Abituriyentlar uçun tölov haqida
Abituriyentlardan hujjat topşiriş uçun tölov undirilişi haqida juda köp savollar, takliflar va eʼtirozlar kelib tuşmoqda. Şaxsiy munosabatimni söraşmoqda. Bugungi matbuot anjumani bahona fikrimni aytsam:
1) birinçi yilda öqişga kira olmay, kelgusi yilda qayta hujjat topşirayotgan abituriyentlardan tölov undiriş loyihasiga qarşi emasman, qöllab-quvvatlayman.
2) lekin begilangan tölov miqdoriga jiddiy eʼtirozim bor. EKIH 1 baravari juda qimmat. Hozir 202 ming söm, keyinçalik oylik oşsa, bu yana kötarilib boraveradi. Hududlarda esa 150 ming söm oylik olib işlaydiganlar ota-onalar bor. Garçi 3 yilga ötadigan sertifikat berilsa ham, baribir qimmat. Taklifim: maaaksimum EKIH 50%i qiliş kerak.
3) yana 1 jihatga eʼtibor beriş kerak: abituriyentlardan olinadigan tölovlar kiriş imtihonlarini taşkil qilişdagi xarajatlarni qoplagandan keyin, byudjetdan ayni şu maqsadlarda sarflanadigan mablağlar iqtisod böladi. Mana şu tejab qolingan mablağlar taʼlim tizimidagi öqituvçilarni moddiy rağbatlantirişga qaratilsa nur ustiga nur bölar edi. Tejab qolingan mablağlar boşqa soha yoki imtiyozli kreditlar uçun sarflanib ketmasa yaxşi bölardi.
4) Davlat xizmatlari agentligidan hujjat topşirganda maʼlum miqdorda tölov qiliş kerak. Bu mantiqan töğri. Mana şu örinda onlayn hujjat topşirişni köpaytiriş va yoşlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanişni rağbatlantiriş maqsadida onlayn hujjat topşirişni bepul qilişni taklif etaman. Mundoq bir yoşlarimiz internet deganda faqat Telegram yoki Odnoklassnikini tuşunmaydigan bölarmidi deymanda.
Hozirça şular.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

