Super-kontraktda o‘qish uchun arzonroq OTMga ko‘chirish

Matn16-avgust, 2018, 22:202 daqiqa0 koʻrish

RASMAN: öqişdan yiqilgan abituriyentlar super-kontrakti arzonroq OTMga «perevod» qilişi mumkin!

Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov bergan maʼlumotga köra, test sinovlari natijasi böyiça yetarli ball töplamagan va oşirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga oşirilgan tölov-kontraktning miqdori (barobari) kam bölgan taʼlim yönalişini tanlaş imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyent test topşirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining örni) mosligi hamda uning doimiy yaşaş joyi va hujjat topşirgan oliy taʼlim muassasasi joylaşgan hudud mezon sifatida belgilandi.

Bu nima degani?

Agar super-kontrakt narxlariga eʼtibor qilsak, bir-biriga yaqin yönalişlarning super-kontrakt narxlari har xil ekanligini köriş mumkin. Masalan, qaysidir yönalişda 10 barobar, qaysidirida 15 barobar, yana boşqasida 20 barobar.

Endi şunday özgariş kirdiki, super-kontrakt 20 barobar qilib belgilangan yönalişdan yiqilgan abituriyent öqişini 15 barobarli joyga köçirişi mumkin.

❗️BU MUHIM!

Eng muhim joyi «perevod» qilinayotgan yönalişlarda test olingan fanlar bir-biriga mos bölişi kerak. Matematika, fizika, ona tilidan test topşirgan abituriyent tarix, çet tili, ona tili bölgan joyga köçira olmaydi.

Fanlar örni muhimmi?

Ha, muhim! Masalan, 3 ta fan ham mos, lekin joyi özgargan (fizika bittasida 3.1, boşqasida 2.1 ball) bölsa, «perevod» qilib bölmaydi.

Hudud ham muhim!

Öqişni köçirişda hudud ham rol öynaydi. Bunda abituriyent 2 ta joydagi OTMga «perevod» qila oladi:
1. doimiy yaşaş hududidagi;
2. Hujjat topşirgan OTM joylaşgan hududdagi.

Masalan, doimiy yaşaş joyi Jizzaxda bölgan abituriyent Samarqand viloyatidagi OTMga hujjat topşirdi va kira olmadi. Agar u super-kontrakti arzonroq joyga «perevod» qilmoqçi bölsa, yoki Jizzax, yoki Samarqanddagi OTMni tanlaşi kerak. Toşkentga köçira olmaydi.

❌ MUMKIN EMAS!

Quyidagilar mumkin emas:

1. Bu faqat öqişga kira olmagan va oşirilgan qöşimça kontraktda öqimoqçi bölganlar uçun imkoniyat. Öqişga kirganlar kontrakti arzonroq joyga «perevod» qila olmaydi;

2. Abituriyent faqat super-kontrakti arzonroq joyga «perevod» qila oladi, qimmatga emas. Masalan, «Tarix» fakultetidan yiqilgan abituriyent qimmatroq bölsa ham Yuridik universitetda öqişga roziman desa ham, mumkin emas.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Özbekistonda super-muper kontrakt oçildi

    01 daqiqa

Yana oʻqing