Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun munosabati bilan mulohaza

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

Manba:Аслановдан иқтибослар +

Bugun Abdulla Qodiriyning tuğilgan kuni. Bir tomondan qaraganda, adibning hayoti va ijodi qadar, uning ölimi ham ibratlarga töla.

1938-yilning 4-oktabrida yuzlab özbek ziyolilari qotil tuzum tomonidan otib öldirilgan. Tarixçilar bu kunni özbek tarixidagi eng qora kunlardan biri deb hisoblaydilar.
Sssr oliy sudi xarbiy kollegiyasi şu kuni 570 nafar özbek ziyolilarini otuvga hukm qilgan va ijro etgan.
Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Çölpon kabi adabiyotimiz namoyondalari ham aynan şu kuni qatl qilinganlar.

Odatda, tanlab amalga oşirilgan qotilliklar genotsid deyilmaydi, har qanday özbek bundan qutulib qolişi mumkin bölgandek tasavvur uyğotadi. Lekin unday emas - agar tanlov nohaq, adolatsiz va begunoh insonlar örtasida ekan, bu genotsiddir.

2-Jahon uruşidan keyin nemis ziyolilari qanday tarbiyalangani haqida eşitgandim. Masalan, öşa uruşga heç qanday aloqasi bölmagan bir öqituvçi, öziga öxşaganlardan taşkil topgan guruh bilan majburiy mehnatga yuboriladi. Iş - faşistlar tomonidan kömib yuborilgan yoki bomba tagida qolgan jasadlarni kavlab oliş va qabrga qöyiş.

Haligi nemis öqituvçisini kuyib ketgan gödak jasadini bir muddat qölida uşlab turişga majbur qilişarkan. Şu orqali u, garçi faşizmni quvvatlamagan bölsa-da, özining befarqligi Germaniyaga kimlarning kelişiga sabab bölganini his qilarkan, özini boşqa millatlar oldida aybdor sanar ekan. Mana şu tuyğu ularni dunyoning eng rivojlangan jamiyatlardan biriga aylantirdi.

Afsuski, Stalinni bundan kam bölmagan jinoyatlari uçun heç kim jazolay olmadi. Befarq böliş tugul, öşa otib öldirilgan ziyolilarni sotib berganlar, qatl qilganlar qahramon bölişdi, medallar olişdi, yaxşi yaşaşdi.

Afsuski, biz haligaça jazolanmadik, 1938-yil va undan keyingi voqealar dahşatini his qilmadik. Afsuski, haligaça, Stalinni oqlaydigan, uning yaxşi işlari ham bölganini sanaydiganlar oramizda bor.

Menimça, Qodiriylarning ölimini töliq anglab yetmagunimizça, bu bilan biz nimalarni yöqotganimizni tuşunib yetmagunimizça, ularning ğoyasini hayotga tadbiq qiliş, yölini davom ettirişni özimizga vazifa qilmagunça, yakdil jamiyatga aylanmaymiz, tom maʼnodagi mustaqillikka tahdidlardan qutulmaymiz.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek