Eski namunadagi banknot va tangalar muomaladan çiqariladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan50 va 100 sömlik tangalar, şuningdek 50, 100, 200 va 500 sömlik banknotlar muomaladan çiqariladi.
Örniga 2018-yil namunasidagi 50 sömlik, 100 sömlik, 200 sömlik va 500 sömlik tangalar muomalaga çiqariladi.
2011-yil namunasidagi qiymati 500 söm bölgan tangalar muomalaga layoqatli.
Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi 50 va100 sömlik tangalar hamda 50 va 100 sömlik eski namunadagi banknotlar uçun 2019-yil 1-iyulgaça, 200 va 500 sömlik eski namunadagi banknotlar uçun 2020-yil 1-iyulgaça bölgan muddatlar belgilandi.
Barça tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, şu jumladan aholi tomonidan topşirilgan eski namunadagi tangalarni hamda eski namunadagi banknotlarni heç qanday moneliksiz, çeklovlarsiz qabul qilişlari va heç qanday tölov yoki vositaçilik haqi undirmagan holda ularni ayirboşlab berişlari şartligi hamda mijozlar arizasiga asosan omonatga, bank plastik kartoçka hisobvaraqlariga kirim qiliş uçun qabul qilişlari mumkin ekanligi belgilandi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3




