Yigitlarimizda yirik ğalaba, qizlarimiz mağlub bölişdi
Yigitlarimizda yirik ğalaba, qizlarimiz mağlub bölişdi
Şaxmat olimpiadasining 5-turida yigitlarimiz Slovakiya terma jamoasiga heç qanday imkon qoldirişmadi va 4:0 hisobida mağlub etişdi. Şunday qilib, Özbekiston terma jamoasi hisobida 4 ta ğalaba va 1 ta durang bor.
Bugungi yirik ğalaba evaziga Özbekiston umumjamoa hisobida 3-öringa kötarilib oldi.
Ertaga yigitlarimizni yana bir jiddiy sinov kutib turibdi. Ular ertaga musobaqaning 2-raqamli jamoasi, mezbonlar Hindiston terma jamoasiga qarşi dona suradi. Ertangi bahsda yigitlarimizga çin dildan omad tilaymiz!
***
Qizlarimiz esa bugun Vyetnam terma jamoasiga mağlub bölişdi. Maftuna Bobomurodova durang öynadi, qolgan vakillarimiz afsuski mağlub bölişdi.
Özbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta ğalaba, 2 ta mağlubiyat bilan 54-örinda bormoqda. Ertaga qizlarimiz Şotlandiya terma jamoasiga qarşi dona suradi. Ularga ham omad tilaymiz!
👉 @xushnudbek 👈


